Andijonda Haj safari bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Andijonda Haj safari bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
Foto: Pexels

Andijon viloyati Asaka tumanida Haj safari bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Asaka tumanida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan shaxs 1996-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirgan. U tanishlari orqali Haj safarini tashkil qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga fuqaro va uning 1964-yilda tug‘ilgan onasini Saudiya Arabistoniga yuborish uchun har biri $9 mingdan, jami $18 ming talab qilgan.

Foto: DXX

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi oldindan $9 ming olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Amaliyot DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Namanganda bank bosh yuriskonsulti pora bilan ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek