Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi

eʼlon qilindi
100 ta mahallada namunaviy kutubxonalar tashkil etiladi
Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi
Foto: x.com

Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilda Farg‘onadagi 100 ta mahallada namunaviy kutubxonalar tashkil etiladi. Shuningdek, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda. «Burhoniddin Marg‘inoniy» majmuasida har ikki yilda xalqaro kitobxonlik festivali o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.

Shuningdek, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasini yaratish, elektron platforma ishga tushirish va Adabiyot hamda ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi.

Farg‘ona vodiysining yana bir muhim madaniy boyligi askiya san’ati ekani ta’kidlandi. Marg‘ilonda askiya va qiziqchilik san’ati markazi faoliyat yuritmoqda. Endi yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman madaniyat markazlari va musiqa maktablarida askiya yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, kelasi yil yakunigacha Farg‘onada $300 mlnlik 50 ta loyiha ishga tushiriladi. Prezident tarixiy obidalar va betakror tabiatga ega hududda xorijiy turistlar oqimini 2-3 baravar oshirish imkoniyati borligini ta’kidladi. Shu maqsadda Qo‘qon va Marg‘ilon ziyorat turizmiga, So‘x, Quva, Beshariq va Farg‘ona tumanlari esa tibbiy hamda ekoturizmga ixtisoslashtiriladi.

Shuningdek