Buxoro shahriga 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

eʼlon qilindi
Avtobuslar brutto-shartnoma asosida foydalanishga topshiriladi
Buxoro shahriga 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi / Foto: Transport vazirligi

Buxoro shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish va yangilash ishlari doirasida navbatdagi yangi avtobuslar foydalanishga keltirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Shahar transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish hamda ekologik tozalik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar doirasida jamoat transporti tizimini takomillashtirishga qaratilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlanmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, «Progress mega trans» MChJ tomonidan Buxoro shahriga 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Ushbu avtobuslar shahar jamoat transporti tarmog‘ida yangi yo‘nalishlar doirasida brutto-shartnoma asosida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahriga qo‘shimcha 240 avtobus olib kelinishi haqida yozgan edik.

Shuningdek