Haydovchilik guvohnomasini olish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Haydovchilik guvohnomasini olish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Jizzax viloyatida haydovchilik hujjatlarini noqonuniy tarzda rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda «Vatanparvar tashkiloti Jizzax viloyati texnika va amaliy sport turlari markazi» nodavlat ta’lim muassasasining sobiq rahbari hamda sobiq avtomobil boshqarish ustasi o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.

Ular fuqaroga avtomaktabda o‘qiganligi to‘g‘risidagi guvohnoma tayyorlab berish, shuningdek, nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 13 mln so‘m va $500 ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qon va Bekobodda noqonuniy alkogol va tamaki savdosi fosh etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek