O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi boshqaruviga rais tayinlandi

Davron Vaxabov O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi ta’sischilarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Davron Vaxabov O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi raisi lavozimiga jamoatchilik asosida tayinlandi.
Ma’lumot uchun, 2018-2021-yillarda konfederatsiyaga bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov rahbarlik qilgan. Keyingi yillarda esa mazkur lavozimni 2021-2024-yillarda I.Xaydarov, 2024–2026-yillarda esa Otabek Ashurov egallab kelgan.
Davron Vaxabov (Davron Vaxabov Abdujalalovich) 1981-yilda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. U «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimida boshlagan. Keyingi yillarda «O‘zbekekspertiza» OAJda turli lavozimlarda ishlagan, shuningdek, «Agroprom Terminal», «Oq Saroy Textile» va «Ostex Colour» kabi korxonalarda rahbarlik qilgan. 2020–2022-yillarda «O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Vahabov 2022-yil 25-martdan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, 2022-yil 6-iyuldan esa Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Xalq qabulxonasiga yangi boshliq tayinlangan edi.