Andijonda tuyaqushchilik uchun ajratilgan yerni 20 ming dollarga pullashga uringan fermer qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
U yerning bir gektarini sotish evaziga 10 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan
Foto: Pexels.com

Andijon viloyatida tuyaqushchilik yo‘nalishi uchun ajratilgan yer maydonini noqonuniy ravishda pullashga uringan fermer xo‘jaligi rahbari qo‘lga olindi. U kadastr idoralaridagi tanishlari orqali hujjatlarni to‘g‘rilab berishni va’da qilgan.

Prokuratura departamentining Xonobod shahri bo‘limi va boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda «F-D.» fermer xo‘jaligi rahbari jinoyat ustida ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Xo‘jaobod tumani hokimi qarori bilan mazkur fermer xo‘jaligiga tuyaqushchilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun yer maydoni ajratilgan bo‘lgan. Gumonlanuvchi ushbu hududning 1 gektarini fuqaroga $20 mingga sotishga kelishgan.

Shuningdek, u kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari orqali yerni chorvachilik yo‘nalishiga o‘zgartirib, qurilish ishlari uchun tegishli hujjatlarni tayyorlab berishni aytgan. Fermer oldindan bo‘nak sifatida $10 mingni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sirdaryoda soliq xodimi pora bilan qo‘lga tushgni haqida xabar bergan edi.

Shuningdek