Dollar tushdi: 30-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

30-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
Dollar payshanba kuni pasayishni ko‘rsatib, 23-aprel kuni 12 042,49 so‘mga (-18,06 so‘m) tenglashdi. 24-aprel kuni 26,53 so‘mga tushib, 12 015,96 so‘mni tashkil qildi. 27-aprel kuni esa 4,52 so‘mga oshib, 12 020,48 so‘m bo‘ldi. 28-aprel kuni esa 52,48 so‘mga oshib, 12 072,96 so‘mga, 29-aprel kuni esa 43,76 so‘mga tushib, 12 029,20 so‘mga tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 57,63 so‘mga tushib, 14 008,11 so‘mni, rubl esa 0,62 so‘mga tushib, 159,64 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.