Sport

Husanov Lamin Yamal bilan bir qatorda: O‘zbekistonlik himoyachi 119 mln yevroga baholandi

Rasm SI yordamida yaratilgan

«Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov FMInside portali tomonidan 2026-yilgi istiqbolli yosh futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi. Futbolchining taxminiy transfer qiymatini 119 mln yevrogacha baholandi.

Husanov ushbu reytingda «Barselona» vingeri Lamine Yamal, PSJ a’zolari Joau Nevesh va Uoren Zair-Emeri kabi yosh futbolchilar bilan bir ro‘yxatda e’tirof etilgan. 21 yoshli markaziy himoyachining hozirgi qobiliyati 75, potensial imkoniyati esa 87 ball bilan baholangan.

Ekran tasviri

Shuningdek, ro‘yxatdan PSJ’ning yana bir futbolchisi Dizere Due, «Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz, «Komo» yarimhimoyachisi Niko Paz hamda «Barselona»ning yana ikki vakili Gavi va Pau Kubarsilar o‘rin olgan.

Foto: Facebook

Husanovning taxminiy transfer qiymati 63 mlndan 119 mln yevrogacha, haftalik maoshi esa 93 ming yevro etib belgilangan. Shartnoma muddati 2029-yilning iyunigacha deb ko‘rsatilgan. O‘zbekistonlik himoyachining reytingi «Bavariya» a’zosi Aleksandr Pavlovich va o‘z jamoadoshi Niko Orayli kabi o‘yinchilardan yuqori baholangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov qatorasiga ikkinchi bor «Siti»da oyning eng yaxshi futbolchisiga nomzod bo‘lgani haqida xabar bergan edi.