Rossiyada 7,3 ming dollardan boshlanadigan yangi iPhone 17 Pro modellari taqdim etildi

29-aprel 2026 17:52 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Rossiyada «G‘alaba» mavzusidagi iPhone 17 Pro taqdim etildi
Foto: Caviar

Rossiyaning Caviar kompaniyasi iPhone 17 Pro’ning maxsus kolleksiya versiyasini taqdim etdi. U «G‘alaba kuni»ga bag‘ishlangan bo‘lib, juda qimmat narxda sotuvga chiqarildi.

Yangi modellarning biri «G‘alaba kuni», ikkinchisi «G‘alaba triumfi» deb nomlangan. Qurilmalar titan bilan mustahkamlangan, tabiiy charm bilan bezatilgan va Georgiy lentasi ranglarida ishlangan.

«G‘alaba kuni» modelining asosiy o‘ziga xosligi 1944-yilda urib tushirilgan «Tiger 1» tankining haqiqiy parchasi bilan bezatilgani. Kompaniya bu detalni tarixiy ramz sifatida baholagan.

Foto: Caviar

Ikkinchi model esa qizil charm va titan elementlari bilan hashamatli uslubda yaratilgan. Har ikkala smartfon maxsus displeyli qadoqda yetkaziladi. Unda G‘alaba kuni mavzusidagi videolar ko‘rsatiladi.

«G‘alaba kuni» modeli atigi 7 dona ishlab chiqarilgan bo‘lib, narxi 649 ming rubl ($8,6 ming)dan boshlanadi. «G‘alaba triumfi» esa 19 dona chiqarilgan va uning narxi 549 ming rubl ($7,3 ming)dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone Ultra va iPhone 18 Pro Max maketlari paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum qilinishicha, eng asosiy o‘zgarishlardan biri Dynamic Island dizaynida bo‘ladi. U taxminan 25 foizga kichrayadi. Natijada uning eni 20 mm dan 15 mm atrofida bo‘ladi.

Shuningdek