Toshkentda 6–9-may kunlari gullar bayrami o‘tkaziladi
eʼlon qilindi
Soat 10:00 dan 22:00 gacha

Toshkent shahrida Tashkent Flowers Fest — 2026 gullar bayrami bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tadbir 6–9-may kunlari soat 10:00 dan 22:00 gacha davom etadi. Kirish bepul.
Festival Yunusobod tumanidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida tashkil etiladi.
Dastur doirasida gullar ko‘rgazmasi, taniqli san’atkorlar konsertlari, badiiy jamoalar chiqishlari va turli ko‘ngilochar dasturlar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq may oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida ma’lumot berilgandi. Prezident farmoniga ko‘ra, quyidagi sanalar dam olish kuni sifatida belgilanadi:
- 9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni;
- 11-may (dushanba) — besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 28-may (payshanba) — Qurbon hayiti bayrami kuni (taxminiy);
- 29-may (juma) — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (taxminiy);
- 30-may (shanba) — olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni (taxminiy).