Banklarda avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarishsiz qoldi, mikroqarzlar bo‘yicha pasaydi

27-aprel holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,8 foizni tashkil qildi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,3 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,8 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:
- «Infinbank» – 18,5%;
- «BRB» – 18,8%;
- «Apex bank» – 19,7%;
- «Garant bank» – 20,1%;
- «Davr bank» – 20,1%.
Eng yuqori avtokredit stavkasi:
- «Madad Invest bank» – 27,9%;
- «Ziraat bank» – 25,5%;
- «Turon bank» – 25,1%;
- «Asaka bank» – 24,7%;
- «Agrobank» – 24,6%.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.
Mikroqarzlar
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 28,7 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,3 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,8 foizni ko‘rsatmoqda.
Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:
- «Tenge bank» – 42,6%;
- «AVO bank» – 39,9%;
- «Anorbank» – 39,7%;
- «Uzum bank» – 38%;
- «TBC bank» – 37,9%.
Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:
- «Aloqabank» – 23,3%;
- «Milliy bank» – 24,1%;
- «Infinbank» – 24,3%;
- «Trast bank» – 24,8%;
- «BRB» – 25%.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 3,9 foizga kamaydi.
MB taqdim etgan statistikaga ko‘ra, 2026-yil yanvar – mart oylarida iqtisodiyotga jami 90 trln so‘m miqdorida kredit yo‘naltirilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 9,1 foiz o‘sish degani (2025-yilning mos davrida o‘sish 53,7 foiz bo‘lgan). Biroq o‘sish faqat yuridik shaxslar hisobiga ro‘y bergan — ularga berilgan kreditlar 18,6 foizga oshgan. Aholi (jismoniy shaxslar) segmentida esa dinamika manfiy ko‘rinish olib, kreditlash hajmi 3,9 foizga qisqargan.