Buxoro va Surxondaryoda salkam 13 kg «opiy» musodara qilindi

eʼlon qilindi
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Buxoro va Surxondaryoda salkam 13 kg «opiy» musodara qilindi
Foto: DXX videosidan ekran tasviri

Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 13 kg «opiy» giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi «Lacetti» avtomobili Kogon tumani hududida to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, motor qismidagi havo filtri ostiga yashirilgan 993 gramm opiy topilgan.

Surishtiruvlar davomida mazkur giyohvandlik vositasi Termiz tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan shaxsdan olingani aniqlangan. U xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullangan. Keyingi tezkor tadbirlarda ushbu shaxs ham ushlandi. Uning yonidan 5 kg, yashash manzilidan esa yana 7 kg opiy ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 24,5 kg giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolingani haqida yozgan edi.

Shuningdek