Chevrolet Tracker 2027 avtomobili qanday o‘zgaradi

30-aprel 2026 11:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Tracker 2027 avtomobili qanday o‘zgaradi
Rasm SI yordamida yaratilgan / Manba: GMAutority

General Motors (GM) Chevrolet Tracker 2027 modelini yangilash ustida ishlamoqda. Yangi modelning ichki qismi ilk bor sinov vaqtida suratga tushirildi.

Suratlarga ko‘ra, avtomobilning asboblar paneli sezilarli o‘zgargan. Hozirgi Tracker’da mavjud «kapotli» panel o‘rniga ochiqroq va zamonaviy dizayn qo‘llanilgan. Bu esa kattaroq yoki yaxlitroq displey paydo bo‘lishidan darak berishi mumkin.

Foto: Chevrolet

Infotainment tizimi to‘liq ko‘rinmagan. Suratdagi katta ekran vaqtinchalik bo‘lib, sinov jarayonida muhandislar tomonidan ishlatiladi. U seriyali modelga kiritilmaydi. Hozirgi Tracker turli komplektatsiyalarda farq qiladi. Boshlang‘ich versiyalarda analog panel va kichik displey bor. Yuqori versiyalarda esa to‘liq raqamli panel va katta sensor ekran qo‘llaniladi.

Yangi modelda to‘liq raqamli tizim asosiy standartga aylanishi mumkin.

Foto: GMAutority

Yangilanish faqat salon bilan cheklanmaydi. Kompaniya Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarishga $300 mln sarmoya kiritgan. Bu o‘zgarishlar Tracker bilan bir platformadagi boshqa modellarga ham ta’sir qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tracker 2027 avtomobili namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek