Ko‘p qavatli uylarda uy hayvonlarini saqlash bo‘yicha taqiq belgilandi

eʼlon qilindi
Yonuvchi materiallarni saqlash ham qat’iyan man etildi
Ko‘p qavatli uylarda uy hayvonlarini saqlash bo‘yicha taqiq belgilandi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Ko‘p qavatli uy-joylarda uy hayvonlarini saqlash va umumiy foydalanishdagi joylardan foydalanish tartibiga yangi cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qoidalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarda uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda, jumladan zinalar, cherdaklar, yerto‘lalar, umumiy oshxonalar, balkonlar va lodjiyalarda saqlash taqiqlanadi. Bu talab aholi xavfsizligi hamda sanitariya qoidalariga rioya etishni ta’minlash maqsadida belgilangan.

Shuningdek, balkon va lodjiyalarda yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan uskunalarni o‘rnatish, og‘ir buyumlarni saqlash ham mumkin emas. Balkonlarning tashqi qismiga kir, kiyim-kechak yoki gilamlarni osib qo‘yish ham taqiqlanadi, ichki qism bundan mustasno.

Bundan tashqari, kirish yo‘laklaridagi zinalar va ularning ostida yonuvchi materiallarni saqlash qat’iyan man etiladi. Umumiy issiqlik tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi qayta rejalashtirish ishlari, qo‘shimcha isitish moslamalarini o‘rnatish yoki umumiy issiqlik tizimiga o‘zgartirish kiritish ham cheklanadi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylar hududida va unga tutash maydonlarda avtomobillarni gazonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlar hamda kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish ham taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari haftasiga bir marta tozalanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek