Lamin Yamal ispaniyalik model bilan uchrashmoqda — Mundo Deportivo

30-aprel 2026 18:14 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Mundo Deportivo

«Barselona» klubining vingeri Lamin Yamal ispaniyalik bloger va model Ines Garsia o‘rtasida ishqiy munosabatlar boshlangani aytilmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Foto: Instagram / Ines Garcia

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, munosabatlar haqidagi taxminlar Lamin Yamalning yaqin do‘sti Souhaib tomonidan tasodifan aytib yuborilgan so‘zlardan so‘ng kuchaygan. U Kings Ligasi o‘yini vaqtidagi guruh qo‘ng‘irog‘ida Ines Garsianing ismini tilga olib qo‘ygan.

Shuningdek, yosh juftlik Kataloniyadagi Cupula del Garraf restoranida birga ko‘rinish bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videolavhalarga ko‘ra, Lamin Yamal va Ines Garsia restoranni futbolchining jamoadoshi Fermin Lopez hamda uning qiz o‘rtog‘i Berta Gallardo bilan birgalikda tark etgan.

Kadrda Lamin va Ines restorandan chiqib, mikroavtobusga o‘tirgani aks etgan. Rasmiy vakillar bu munosabatlar yuzasidan hozircha hech qanday bayonot bermagan.

Foto: The Irish Sun

Malumot uchun, 2025-yilning noyabr oyida 18 yoshli futbolchi va 25 yoshli argentinalik xonanda Niki Nikol o‘rtasidagi munosabatlar tugagani haqida xabarlar chiqqan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova to‘y taklifnomalarini tarqatishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek