Mirziyoyev Chexiya bosh vazirini rasmiy kutib oldi — foto
eʼlon qilindi
Marosim yakunida qo‘shma suratga tushilib, oliy darajadagi muzokaralar boshlangan

30-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Chexiya bosh vaziri Andrey Babish rasmiy kutib olindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda faxriy qorovul saf tortdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mehmonni kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul oldidan o‘tdi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari bilan salomlashilgan.


Marosim yakunida qo‘shma suratga tushilib, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chexiya bosh vaziri Andrey Babish O‘zbekistonga kelishi haqida yozgan edi.