Nissan yangi avlod Skyline modelini Infiniti Q50 sifatida taqdim etadi

30-aprel 2026 20:36 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Nissan yangi avlod Skyline modelini Infiniti Q50 sifatida taqdim etadi / Foto: Theottle

Nissan kompaniyasi yangi avlod Nissan Skyline modelini ishlab chiqmoqda va uni Infiniti brendi ostida Infiniti Q50 sifatida bozorga chiqarishi kutilmoqda. Bu haqda Carscoops ma’lum qildi.

AQSh bozori uchun model 400 ot kuchidan ortiq quvvatga ega ikki turbinali benzinli V6 dvigatel bilan jihozlanishi mumkin. Shu bilan birga, mexanik uzatmalar qutisi varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu esa modelni nafaqat komfort, balki haydovchilik tajribasini qadrlovchilar uchun ham jozibador qiladi.

Foto: Theottle

Yangi avlod dizayni oldingi mashhur versiyalardan sezilarli darajada farq qiladi. Tizerlarga ko‘ra, avtomobil yangilangan old qism, o‘zgartirilgan optika va kattalashtirilgan havo kirish qismlariga ega bo‘ladi. Kuzov profili ham qayta ishlanadi, orqa qismida esa Skyline va GT-R oilasiga xos bo‘lgan to‘rtta dumaloq chiroqlar qaytishi kutilmoqda.

Texnik jihatdan model amaldagi V37 platformasini saqlab qolishi mumkin, uning arxitekturasi 2000-yillar boshidagi ishlanmalarga borib taqaladi. Bu qaror ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish bilan izohlanmoqda. Yaponiya bozori uchun esa gibrid tizim va 3,0 litrli biturbo dvigatel kabi turli kuch qurilmalari variantlari ko‘rib chiqilmoqda.

Video: YouTube / Theottle

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan Murano avtomobilining uch avlodida doimiy muammolar aniqlangan edi.

Shuningdek