Samarqandda bank xodimi 33 mln so‘mni o‘zlashtirdi

eʼlon qilindi
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan
Foto: Statistika qo‘mitasi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida bank xodimi fuqaro kreditidan 33 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Tekshiruvda aniqlanishicha, tijorat banki mutaxassisi fuqaroning ishonchiga kirgan. U 50 mln so‘m kredit ajratishni va’da qilgan. Mablag‘ fuqaroning plastik kartasiga tushirilgan. Biroq xodim unga faqat 17 mln so‘m ajratilganini aytgan. Qolgan 33 mln so‘mni naqdlashtirib, o‘z ehtiyojlariga ishlatgan.

Tekshiruv davomida 33 mln so‘m qaytarilgani rasmiylashtirilgan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Jalaquduqda 3 ming dollar olgan kadastr rahbari ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek