Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida ish vaqti uzaytirildi

Endi Toshkent metropoliteni yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar ertalab 05:00 dan boshlab harakatlanadi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar poyezd harakati ertalab soat 06:00 dan 23:00 ga qadar amalga oshirib kelinayotgan edi.
2026-yil 1-maydan boshlab ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan 23:00 ga qadar yo‘lga qo‘yildi. Mazkur o‘zgarish yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy etildi.
Shuningdek, metro tizimining boshqa yo‘nalishlarida — Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod liniyalarida poyezdlar harakati har kuni ertalab soat 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega fuqarolar toifasi kengaytirilgani haqida yozgan edik.