
Volkswagen kompaniyasi qayta tiklangan Scout Motors brendi orqali yangi Scout Traveler elektr yo‘ltanlamasini ishlab chiqarishga hozirlamoqda. Bu haqda CarBuzz nashri xabar bermoqda.

Scout Traveler modelining to‘liq elektr versiyasi bir marta quvvatlanish orqali 563 kilometr masofani bosib o‘tishi aytilmoqda. Shuningdek, 805 kilometrgacha harakatlanish imkonini beruvchi qo‘shimcha dvigatelli modifikatsiyasi ham taklif etiladi. Avtomobil qariyb 1000 funt-fut aylanma harakatga ega bo‘lib, soatiga 96 kilometr tezlikka taxminan 3 soniyada erishadi.

Mashina boshqa Volkswagen modellaridan mutlaqo alohida platformada yig‘iladi va uning tirkama tortish quvvati 7 ming funtni tashkil etadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘ltanlamas o‘tgan asrning 60-yillaridagi klassik Scout dizaynidan ilhomlangan holda yaratilgan.
Elektr yo‘ltanlamas 2027-yilda ommaga taqdim etilishi va boshlang‘ich narxi $60 ming atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Hozirgi kunga qadar Scout Motors kompaniyasining yangi modellari uchun jami 50 mingdan ortiq oldindan buyurtma qabul qilingan va ularning 75 foizi aynan Traveler modeliga tegishli.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Volkswagen 100 mingga yaqin elektromobilni chaqirib olmoqchiligi haqida xabar bergan edi.