2026-yil 1-choragida naqd pul muomalasi kamayib, bank kartalari aylanmasi oshdi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi izchil ortib bormoqda
2026-yil 1-choragida naqd pul muomalasi kamayib, bank kartalari aylanmasi oshdi
2026-yil 1-choragida naqd pul muomalasi kamayib, bank kartalari aylanmasi oshdi / Foto: Depositphotos

2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda pul muomalasi va to‘lov tizimlarida naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushining oshishi kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024–2026-yillar 1-choraklari davomida iqtisodiyotda pul aylanishi barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatgan. Umumiy pul tushumlari 184 trln so‘mdan 316 trln so‘mga yetib, iqtisodiy faollik sezilarli darajada oshganini qayd etadi.

Foto: Hafiza Muxtorova / Kursiv Uzbekistan

Shu davr mobaynida bank kartalariga tushgan mablag‘lar hajmi ham sezilarli oshgan bo‘lib, 212 trln so‘mdan 408 trln so‘mga yetgan. Ushbu mablag‘larni naqdlashtirish ulushi esa 23 foizdan 17 foizgacha kamaygan.

Shuningdek, 2026-yil 1-aprel holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 2024-yil 1-apreldagi 20,1 foizdan 16,9 foizgacha pasaygan. Bu holat iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi izchil ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari uch oyda 13 foizga oshgani haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek