Bir oyda eskrou orqali 33 mingdan ortiq savdo bitimlari amalga oshirildi

eʼlon qilindi
Eng katta ko‘rsatkich poytaxtda – 9505 ta bitim
tasdiqlandi
Bir oyda eskrou orqali 33 mingdan ortiq savdo bitimlari amalga oshirildi / Foto: Facebook

2026-yilning aprel oyida eskrou hisobvaraqlari orqali ko‘chmas mulk va transport vositalarini oldi-sotdi qilish jarayonlari 33 mingtadan oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Tizim joriy etilgan ilk oydanoq jami 33 273 ta bitim rasmiylashtirildi. Shundan 19 660 tasi transport vositalari, 13 613 tasi esa ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlariga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar eskrou mexanizmi orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalar hajmi oshayotganini ko‘rsatmoqda.

Foto: Markaziy bank

Hududlar kesimida eng yuqori faollik Toshkent shahrida qayd etildi – 9 505 ta bitim. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 3 197 ta va Samarqand viloyati 2 912 ta bitim bilan joy oldi. Sirdaryo viloyati esa 693 ta bitim bilan ro‘yxat oxiridan joy olgan.

Ma’lumot uchun, eskrou xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi hisob-kitobni bank nazoratida amalga oshiruvchi maxsus hisobvaraq hisoblanadi. Mablag‘ bitim to‘liq yakunlanmaguncha himoyalangan holda saqlanadi. 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtomobil oldi-sotdisi eskrou tizimi orqali amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy va avtomobil savdosida eskrou tizimi qanday ishlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek