Chevrolet Sonic 2027 avtomobilining ichki qismi namoyish etildi — foto

1-may 2026 09:34 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Sonic 2027 avtomobilining ichki qismi namoyish etildi
Rasm SI yordamida sayqallangan / Manba: Chevrolet

General Motors (GM) kompaniyasi yangi Chevrolet Sonic 2027 modelining salon dizaynini rasman taqdim etdi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi model interyeri sport uslub va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligida yaratilgan. Salon besh kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bagaj hajmi taxminan 400 litrni tashkil etadi.

Foto: Chevrolet

Panel dizaynida gorizontal chiziqlar qo‘llanilgan. Bu element salonni vizual jihatdan kengroq ko‘rsatadi va yuqori texnologik muhit yaratadi. Yangi Chevrolet Sonic platforma jihatdan Chevrolet Onix modeli bilan yaqin. Shu sababli ularning boshqaruv paneli, virtual kokpit va ayrim funksiyalari o‘xshash.

Foto: Chevrolet

Top versiyada salon to‘liq qora rangda ishlangan. Yumshoq materiallar, maxsus tikuvli dekor elementlar va yangilangan Chevrolet logotipi qo‘llangan. Shuningdek, ambient yoritish tizimi va qulay o‘rindiqlar ham mavjud. Model Braziliyada yaqin kunlarda sotuvga chiqadi. Chevrolet Sonic kompaniyaning arzon segmentdagi krossoverlar bozoriga kirishidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Foto: Chevrolet

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Chevrolet Sonic krossoveri qachon sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek