Meta xodimlarini 10 foizgacha qisqartirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Yilning ikkinchi yarmida qo‘shimcha qisqartirishlar amalga oshirilishi mumkin
Meta xodimlarini 10 foizgacha qisqartirishni rejalashtirmoqda / Foto: askarimullin / Depositphotos

Meta kompaniyasi sun’iy intellektga yo‘naltirilgan yirik investitsiyalarning ortishi sharoitida xarajatlarni qayta taqsimlash va xodimlar sonini qisqartirish rejasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Meta bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg kompaniyada asosiy xarajatlar ikki yo‘nalishga — hisoblash infratuzilmasi va xodimlar bilan bog‘liq xarajatlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektni rivojlantirish uchun ko‘proq mablag‘ ajratilishi boshqa yo‘nalishlardagi resurslarni qisqartirishni talab qiladi.

Sukerbergning qayd etishicha, bu holat kompaniya hajmini biroz qisqartirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. U rejalashtirilayotgan ishdan bo‘shatishlar Meta’ning sun’iy intellektga asoslangan yangi tashkiliy tuzilmasi yoki SI agentlarini rivojlantirish jarayoni bilan bevosita bog‘liq emasligini bildirdi.

Kompaniya may oyida taxminan xodimlarning 10 foizini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, yilning ikkinchi yarmida qo‘shimcha qisqartirishlar ham amalga oshirilishi mumkin. Sukerberg esa kelajak rejalar bo‘yicha aniq prognoz berishning imkoni yo‘qligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta Platforms $20 mlrddan $25 mlrdgacha bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni bozorga chiqarishi haqida yozgan edik.

Shuningdek