«Navoiyuran» ishlab chiqarish hajmini 6 foizga oshirdi

2026-yil yanvar – mart oylarida «Navoiyuran» davlat korxonasining ishlab chiqarish hajmi 3,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda korxona rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich rejaning 0,1 foizi bajarilganini bildiradi. O‘sish sur’ati esa o‘tgan yildagiga nisbatan 6% bo‘ldi.
Geologiya-qidiruv ishlari 11,5 foizga bajarilib, o‘sish 11,7 foizni tashkil etdi. Texnologik burg‘ilash ishlari 37 foizga bajarildi va o‘sish sur’ati 54,3% bo‘ldi. Mahsuldor eritmalar hajmi 5,8 foizga bajarilib, o‘sish 1,8 foizni tashkil etdi. Uran qazib olish esa 2,1 foizga bajarildi.
Bundan tashqari, eksport hajmi 8,8 foizga bajarilib, o‘sish sur’ati 91,2 foizni tashkil qildi. Korxonada investitsiya loyihalari doirasida $35,5 mln mablag‘ o‘zlashtirildi. Bu rejaning 6% bajarilganini bildiradi. Natijada 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 41,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu yo‘nalishda o‘sish 36,1 foizni tashkil etdi. Mahalliy korxonalardan 449,2 mlrd so‘mlik mahsulot xarid qilindi.
Shu bilan birga, importni qisqartirish hajmi $14,8 mlnni tashkil etdi. Bu yo‘nalishda o‘sish 37,8% bo‘ldi. Tannarxni kamaytirish hisobiga 144,8 mlrd so‘m iqtisod qilindi. Bu reja 90,2 foizga bajarilganini ko‘rsatadi.
Budjetga to‘lovlar va soliqlar hajmi 1,2 trln so‘mni tashkil etdi va reja 9,9 foizga bajarildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 20 ming tonnadan oshirilishi xabar qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda aniqlangan uran zaxiralari 139 ming tonnaga yetgan. Bu mamlakatning ushbu yo‘nalishdagi salohiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi.
2026-yilda bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobar oshiriladi. Rejaga muvofiq, ishlab chiqarish hajmi 12,5 ming tonnaga yetkaziladi.