Ruslan Nurudinov Samoadagi og‘ir atletika musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi

1-may 2026 12:53 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: MOQ

Samoaning Apiya shahrida o‘tkazilayotgan Universal Weightlifting Cup musobaqasida o‘zbekistonlik atlet Ruslan Nurudinov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

-110 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ruslan Nurudinov dast ko‘tarish mashqida 178 kg, siltab ko‘tarishda esa 222 kg og‘irlikni muvaffaqiyatli ko‘tardi. Ikki kurash yakunlariga ko‘ra, uning umumiy natijasi 400 kg ni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkich evaziga O‘zbekiston vakili o‘zining eng yaqin ta’qibchilari hisoblangan Samoa va Fiji sportchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishgan.

Foto: MOQ

Ma’lumot uchun, Nuridinov Bahraynda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida siltab ko‘tarish bo‘yicha o‘zining avvalgi jahon rekordini yangilab, jahon chempioniga aylangan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ruslan Nuridinov og‘ir atletika bo‘yicha 5-karra Osiyo chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek