Skoda Yevropada avtomobil savdosi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi

1-may 2026 12:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Skoda Yevropada savdolar bo‘yicha yuqorilamoqda: sabablar
Foto: Unsplash

Skoda 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Yevropada avtomobil savdosi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya bu davrda 222,5 ming dona avtomobil sotgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,1 foizga yuqori. Shu bilan birga, global yetkazib berishlar ham oshib, 271,9 ming donaga yetdi. Bu esa 14 foizlik o‘sishni anglatadi.

Moliyaviy natijalar ham yaxshilangan. Kompaniya daromadi 9,1 foizga o‘sib, 7,9 mlrd yevroni tashkil qildi. Sof foyda esa 660 mln yevroga yetib, 20,9 foizga oshdi va birinchi chorak uchun rekord natija qayd etildi. Savdolarning o‘sishi faqat Yevropa bilan cheklanib qolmagan. Skoda Hindiston, Marokash va Misr bozorlarida ham o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab bormoqda.

Skoda

Skoda — Markaziy Yevropadagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya 1895-yilda Chexiyada tashkil etilgan bo‘lib, dastlab velosiped va mototsikl ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik avtomobil ishlab chiqarishga o‘tib, bugungi kunda global bozorda faoliyat yuritayotgan yirik brendga aylangan.

Kompaniyaning bosh qarorgohi Mlada Boleslav shahrida joylashgan. Skoda 1991-yildan buyon Volkswagen Group tarkibiga kiradi. Aynan shu hamkorlik kompaniyaning texnologik rivojlanishi va global bozorga chiqishida muhim rol o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Skoda Scala avtomobili Avstraliya bozoridan ketishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek