
Kanal D telekanalida har dushanba namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 59-qismi yana keskin voqealar bilan tomoshabinlarni ekran oldiga yig‘di. Ushbu qismdan so‘ng darhol 60-qism tizeri ham e’lon qilindi.
59-qismda Boran tarqatgan video Maryam yashirib kelgan haqiqatni ochib tashlaydi. Shu bilan voqealar keskin buriladi. Ayniqsa, Jihan va Alya o‘rtasidagi nozik munosabat buzila boshlaydi. Alya uzoqlashgani sari Jihan nazoratni yo‘qotadi va rashk kuchayadi.
Jihan Engin bilan ochiq qarama-qarshilikka kiradi. Alya esa ilk bor Jihanning g‘azabi qanchalik xavfli bo‘lishi mumkinligini ko‘radi. Bu orada Narening farzandi bilan bog‘liq voqealar ham butun oilani larzaga soladi. Zerrin bilan bog‘liq sirlar esa yanada chuqurroq ochila boshlaydi va Kaya bu ish ortidan tushadi.
59-qism davomida ochilgan haqiqatlar qahramonlar hayotini butunlay o‘zgartira boshlaydi. Maryamning Jihandan yordam so‘rashi esa kutilmagan yangi voqealarga yo‘l ochadi. Har bir qahramon o‘z qarori bilan yangi muammolarni yuzaga keltiradi.
60-qism tizerida esa voqealar yanada keskinlashishi ko‘rinadi. Enginning Alya atrofida bo‘lishi Jihanni jahldan chiqaradi. Alya esa o‘g‘li uchun hamma narsaga tayyorligini ko‘rsatadi. Kaya qizini topgach, Zerringa uni ko‘rishni taqiqlaydi, Zerrin esa tasalli topish uchun Shahinga yaqinlashadi.
Shuningdek, Alya Enginning taklifini qabul qilgani Jihanning g‘azabini yanada kuchaytiradi. Tizerda Enginning asl rejasi ham boshqa ekani seziladi. Yangi qismda bu rejalar qanday oqibatlarga olib kelishi asosiy savol bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Muhtasham yuz yil» aktyorlari 10 yildan ortiq muddatda qanday o‘zgargani haqida ma’lumot berilgandi.