AQShning Spirit Airlines aviakompaniyasi faoliyatini to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Kompaniyaning yopilishiga 500 million dollarlik qutqaruv kelishuvi bekor qilingan sabab bo‘ldi
Foto: Getty Images

AQShning budjet aviakompaniyasi Spirit Airlines hukumat bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, faoliyatini zudlik bilan to‘xtatdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Spirit Airlines Donald Tramp ma’muriyati bilan $500 mlnlik moliyaviy yordam bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Aviakompaniya avvalroq ikkinchi marta bankrotlik e’lon qilganidan so‘ng tiklanish arafasida edi. Biroq AQSh va Isroilning Erondagi harakatlari ortidan fevral oyi oxiridan beri aviayonilg‘i narxining ikki barobar oshishi vaziyatni boshi berk ko‘chaga kiritgan.

Bekor qilingan reyslar uchun chipta puli bank kartalari orqali to‘langan va mablag‘lar mijozlarga avtomatik ravishda qaytariladi. Kredit yoki aviakompaniya ballari orqali xarid qilingan chiptalar taqdiri esa bankrotlik sudi jarayonida hal etiladi. Kompaniya bekor qilingan parvozlar sababli yuzaga kelgan mehmonxona va boshqa zaxira reyslar xarajatlarini qoplay olmasligini hamda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati yopilganini ma’lum qilgan.

Raymond James investitsiya banki tahlilchisi Savanti Sitning ta’kidlashicha, yonilg‘i narxining oshishi kompaniya uchun so‘nggi zarba bo‘lgan. Tahlilchiga ko‘ra, kompaniyaning omon qolish imkoniyati inqirozdan oldin ham juda past edi. AQSh Transport vaziri Shon Daffi esa qutqaruv paketiga keskin qarshi chiqib, moliyaviy yordam berishni qo‘llab-quvvatlamagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchilar oqimi 15 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek