Meta robotlar uchun SI ishlab chiquvchi startapni sotib oldi

eʼlon qilindi
Bitim 1-may kuni yakunlangan
Tesla Optimus robotlari 2027-yil oxirida sotuvga chiqadi
Foto: Sjoerd van der Wal / Getty Images

Meta Platforms robotlar uchun sun’iy intellekt yaratadigan Assured Robot Intelligence startapini sotib oldi. Bloomberg yozishicha, bitim 1-may kuni yakunlangan.

Mazkur startap robotlarga odamlarning harakatini tushunish va ularga moslashish imkonini beruvchi texnologiyalar ustida ishlaydi. Uning jamoasi endi Meta’ning Superintelligence Labs bo‘limida faoliyat yuritadi.

Meta bu orqali odamga o‘xshash robotlar uchun texnologiyalar yaratishni tezlashtirmoqchi. Kompaniya nafaqat robot ishlab chiqishni, balki butun bozor uchun platforma yaratishni maqsad qilgan.

Bu yo‘nalishda Tesla ham faol ishlamoqda. Kompaniya Optimus nomli robot loyihasini rivojlantirmoqda.

Analitiklarga ko‘ra, robotlar va sun’iy intellekt bozori 2035-yilgacha $1 trlnga yetishi mumkin. Shu sababli yirik texnologik kompaniyalar bu sohada raqobatni kuchaytirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta xodimlarini 10 foizgacha qisqartirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Meta bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg kompaniyada asosiy xarajatlar ikki yo‘nalishga – hisoblash infratuzilmasi va xodimlar bilan bog‘liq xarajatlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektni rivojlantirish uchun ko‘proq mablag‘ ajratilishi boshqa yo‘nalishlardagi resurslarni qisqartirishni talab qiladi.

Shuningdek