Olmaota aeroporti ham yomg‘ir suvlari ostida qoldi — video

eʼlon qilindi
Joriy yilning 3-may kuni
Olmaota aeroporti ham yomg‘ir suvlari ostida qoldi — video
Ekran tasviri videodan olindi

Joriy yilning 3-may kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida kuchli yomg‘ir sabab xalqaro aeroport binosini suv bosdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Unga ko‘ra, suv tomdan ichkariga oqib kirgan. Tekshiruv va pasport nazorati hududlarida xodimlar suvni tozalashga majbur bo‘lgan. Ayrim videolarda aeroportga kirish yo‘llari ham suv ostida qolgani ko‘rinadi.

Video: Berkut 001 telegram kanali

Aeroport matbuot xizmati ma’lum qilishicha, kuchli yog‘ingarchilik sabab T1 va T2 terminallarida tomdan suv sizib o‘tgan. Muammo 30 daqiqa ichida bartaraf etilgan.

Video: Berkut 001 telegram kanali

Rasmiylarga ko‘ra, hodisa parvozlarga ta’sir qilmagan. Hozirda aeroport odatdagi tartibda ishlamoqda. Shu bilan birga, bunday holat takrorlanmasligi uchun tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Video: Berkut 001 telegram kanali

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3-may kuni kechqurun soat 20:00 atrofida yopirilgan kuchli yomg‘ir Toshkent ko‘chalarini ham daryoga aylantirgani xabar qilingandi. Yog‘ingarchilik nafaqat yo‘llarni, balki strategik obyektlarni ham chetlab o‘tmadi. Shayxontohur tumanidagi «Chorsu» metro bekatini suv bosdi, tuman hokimiyati esa vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi.

Shuningdek