O‘zbekistonda uch oy ichida 42,3 mingta nikoh qayd etildi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–mart oylarida nikohlar soni 42,3 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida eng ko‘p nikohlar Qashqadaryo (4 984 ta), Samarqand (4 421 ta), Surxondaryo (3 982 ta) va Farg‘ona (3 935 ta) viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, Xorazm viloyatida 3 723 ta, Toshkent shahrida 3 676 ta va Andijon viloyatida 3 215 ta nikoh qayd etilgan.

Qolgan hududlarda esa Navoiy (881 ta), Sirdayo (904 ta), Jizzax (1 338 ta), Namangan (2 897 ta), Buxoro (2 828 ta), Toshkent viloyati (2 780 ta) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2 737 ta) ko‘rsatkichlari qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda O‘zbekistonda jami 267 131 ta nikoh qayd etilgan. Eng ko‘p nikohlar Samarqand (31,7 mingta), Farg‘ona (28,9 mingta) va Qashqadaryo (28,9 mingta) viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng kam ko‘rsatkichlar Navoiy (7,3 mingta) va Sirdaryo (6,8 mingta) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq nikoh shartnomasi bundan buyon videokonferensaloqa orqali ham tasdiqlanishi haqida yozgan edik.