Sun’iy intellekt yaratgan aktyor va ssenariylar endi “Oskar”ga qo‘yilmaydi

4-may 2026 20:31 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Sun’iy intellekt yaratgan aktyor va ssenariylar endi «Oskar»ga qo‘yilmaydi / Foto:
Angela Weiss / Getty Images

Endilikda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan aktyor va aktrisalar «Oskar» mukofoti tanlovidan chetlashtiriladi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

Shuningdek, ssenariylar ham «Oskar»ga da’vogarlik qilishi uchun inson tomonidan yozilgan bo‘lishi shart etib belgilandi. Akademiya zarur hollarda filmda sun’iy intellektdan foydalanish va mualliflik masalalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot talab qilish huquqiga ega.

Mazkur o‘zgarishlar SI texnologiyalarining kino sanoatida keng qo‘llanila boshlagani fonida joriy etildi. Hozirda SI orqali yaratilgan aktyorlar ishtirokidagi loyihalar paydo bo‘lmoqda, jumladan, aktyor Val Kilmerning raqamli nusxasi qo‘llanilayotgan film ustida ish olib borilayotgani ma’lum. Shuningdek, Tilly Norwood nomi bilan tanilgan SI aktrisasi ham muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, sun’iy intellektdan foydalanish masalasi 2023-yilda aktyorlar va ssenariynavislar ish tashlashining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan. Bu kabi bahslar kino sanoatidan tashqarida ham kuzatilib, ayrim hollarda sun’iy intellektdan foydalangan asarlar mukofotlardan chetlashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Los-Anjelesdagi Dolby teatrida Amerika kinoakademiyasining 98-«Oskar» mukofoti g‘oliblari taqdirlangan edi. Joriy yilda nominatsiyalar soni 24 taga kengaytirildi.

Shuningdek