Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv besh kunga o‘chiriladi

Issiq suv ta’minoti tizimida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan Toshkent shahrining bir qator hududlarida vaqtincha cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
2026-yil 4-maydan 8-mayga qadar «3-IM» qozonxonasi bo‘yicha issiq suv ta’minotida besh kunlik rejali o‘chirishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu chora tizimni barqaror ishlashini ta’minlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq.
O‘chirishlar Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo hamda Gulobod ko‘chalarini qamrab oladi.
Shuningdek, Chorsu maydoni, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M-10, 11, 13, 14, M-26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Talabalar shaharchasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududlarida ham issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Mahallalar kesimida esa Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining bir qator hududlarida cheklovlar amal qiladi. Jumladan, Shayxontohurda Sarxumdon, Gulobod, Obinazir, Bog‘ko‘cha, Ilg‘or, Zafarobod, Bo‘ston, Tinchlik, Chorsu, Qoratosh va boshqa mahallalar, Olmazorda Chustiy, Quyosh, Orzu, Allon, Ziyo, Bo‘stonobod, Istiqbol, Universitet mahallalari, Chilonzorda esa Beshyog‘och va Katta Olmazor hududlari qamrab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq may oyining boshida qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edik.