Xiaomi 67 ta model uchun batareya almashtirish narxini arzonlashtirdi

4-may 2026 10:10 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Xiaomi 67 ta model uchun batareya almashtirish narxini arzonlashtirdi
Foto: Xiaomi

Xiaomi Xitoyda «may servis haftaligi»ni e’lon qildi. Gizmochina xabariga ko‘ra, aksiya doirasida smartfon batareyasini almashtirish 20 foiz chegirma bilan taklif etilmoqda.

Aksiya 7-maygacha amal qiladi va jami 67 ta Xiaomi hamda Redmi modelini qamrab oladi. Batareya almashtirish narxi 47,2 yuan, ya’ni taxminan $7 dan boshlanadi.

Ro‘yxatga Xiaomi 10 Pro kabi eski flagmanlar bilan birga Xiaomi 11, 12, 13, 14 va 15 seriyalari ham kirgan. Shuningdek, Mix seriyasi, jumladan Mix Fold va Mix Flip modellari ham aksiyaga qo‘shilgan.

Redmi liniyasidan esa Redmi Note 10–14, Redmi K40–K70, Redmi Turbo va Redmi 14C kabi modellar ham ushbu chegirmadan foydalanishi mumkin.

Kompaniya bu orqali foydalanuvchilarga qurilmalarni uzoqroq ishlatish imkonini yaratishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi 17 Max smartfoni qanday batareya bilan taqdim etilishi ma’lum qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6,9 dyuymli OLED displeyga ega bo‘ladi. Ekran 1.5K rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaydi va LIPO texnologiyasi tufayli deyarli ramkasiz dizaynga ega bo‘ladi. Model muhim o‘zgarishlardan birini olgan. 

Shuningdek