Yangiliklar

Yulduz Usmonova konsertiga taqiq, «Chelsi»dan Abduqodir Husanovga chaqiriq, samolyot bortida tug‘ilgan chaqaloq — 4-may kungi muhim yangiliklar dayjesti

Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Сколько узбекистанцев переехали в Казахстан в 2025 году
4-may kungi muhim yangiliklar dayjesti / Foto: Viktor Hesse / Unsplash
2026-yilda O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq ziyoratchi Hajga boradi
2026-yilda O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq ziyoratchi Hajga boradi / Foto: Uzbekistan Airport

2026-yilda O‘zbekistondan 15 mingdan ortiq ziyoratchi Hajga boradi

O‘zbekistonda 2026-yilgi Haj ziyorati mavsumi doirasida 9 ta hududiy aeroport orqali 15 mingdan ortiq ziyoratchini Madina shahriga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airport ma’lum qildi.

Joriy yil 2-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:10 da Toshkent xalqaro aeroportidan Madina shahriga ilk ziyoratchilar guruhi jo‘nab ketdi va shu bilan mavsumning tantanali ochilishi amalga oshirildi.

Davomi…

AQSh yahudiylari Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkda konsert berishiga qarshi chiqmoqda
AQSh yahudiylari Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkda konsert berishiga qarshi chiqmoqda / Foto: Instagram

AQShdagi yahudiylar Yulduz Usmonovaning Nyu-Yorkda konsert berishiga qarshi chiqmoqda

Nyu-York shahrida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning rejalashtirilgan konserti AQSh yahudiylarining noroziliklariga sabab bo‘lmoqda. Kursiv Uzbekistan holatga aniqlik kiritish maqsadida xonandaning ma’muri bilan bog‘landi.

Unga ko‘ra, konsertga chiptalar sotilgan, tayyorgarlik jarayonlari ham joyida. Xonandaning vizasi esa hali chiqmagan. Ma’mur yaqin kunlarda uning ham javobi chiqishini bildirdi.

Davomi…

Elektromobillarni quvvatlashda subsidiya tizimi joriy etiladi
Elektromobillarni quvvatlashda subsidiya tizimi joriy etiladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Elektromobillarni quvvatlashda subsidiya tizimi joriy etiladi

Energetika vazirligi elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasini takomillashtirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan yangi loyihani jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Hujjatda elektr transporti uchun qulay sharoit yaratish, investitsiyalarni jalb etish hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.

Davomi…

Husanov
Foto: SI yordamida yaratilgan

«Chelsi» klubi Abduqodir Husanov vakillari bilan aloqaga chiqdi

«Chelsi» himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning vakillari bilan aloqaga chiqdi. Londonliklar uni mudofaa markazi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda jurnalist Aaron Ramiro xabar bermoqda.

Peshlavha
Foto: Kursiv Uzbekistan

Tadbirkorlar uchun tashqi reklama pasportini olish tartibi belgilandi

Tadbirkorlik subyektlari tashqi reklama joylashtirish uchun maxsus pasport olishlari shart qilib belgilandi. Xizmat my.gov.uz portali orqali ko‘rsatiladi hamda arizalarni ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida to‘lov undiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Davomi…

Foto: SI yordamida yaratilgan

9-may munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi

O‘zbekistonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashmoqda. Amaldagi Mehnat kodeksiga asosan, bu yilgi bayram shanba kuniga to‘g‘ri kelgani uchun haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar ketma-ket uch kun dam oladi.

Davomi…

Foto: X.com

Kruiz kemasida hantavirus tarqalishi oqibatida uch kishi vafot etdi

Atlantika okeanida suzib yurgan MV Hondius kruiz kemasida kamyob hantavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida keksa er-xotin ham bor bo‘lib, yana kamida uch kishi kasallangani aytilmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Davomi…

Foto: Instagram / itaairways

ITA Airways samolyotida ilk bor parvoz vaqtida chaqaloq tug‘ildi

Lufthansa Group xoldingiga kiruvchi ITA Airways aviakompaniyasining Senegal poytaxti Dakardan Rimga uchayotgan samolyotida ilk bor chaqaloq dunyoga keldi. Havo kemasi parvozni boshlaganidan taxminan bir soat o‘tgach, yetti oylik homilador ayol ko‘z yorgan.

Davomi…