2030-yilga qadar charm sanoatida ishlab chiqarish hajmi 12 trillion so‘mga yetkaziladi

eʼlon qilindi
Sohadagi eksport hajmi esa $500 mlnga
O‘zbekiston Pokiston bilan charmsanoat sohasida hamkorlik qiladi
2030-yilga qadar charm sanoatida ishlab chiqarish hajmi 12 trillion so‘mga yetkaziladi / Foto: Facebook

Shavkat Mirziyoyev charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda 2030-yilgacha charm sanoatida ishlab chiqarish hajmining 12 trln so‘mga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Xomashyo va qayta ishlashdagi muammolar

Shu bilan birga, sohada mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etildi. Mamlakatda teri va jun xomashyosi yetarli bo‘lsa-da, ularni chuqur qayta ishlash darajasi pastligicha qolmoqda.

Xususan, qo‘y va echki terisini qayta ishlash darajasi 30 foiz atrofida. Yiliga tayyorlanadigan 40 ming tonna junning esa atigi 6 ming tonnasi, ya’ni 15 foizi qayta ishlanmoqda.

Yangi sanoat zonalari va infratuzilma

Taqdimotda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish uchun yangi sanoat zonalari tashkil qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Jumladan, Ohangaron tumani va Shahrixon tumanida maxsus sanoat zonalari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Ohangaronda ekologik talablar asosida terini qayta ishlash zonasi tashkil etilib, markazlashgan suv tozalash tizimi quriladi. U kuniga 8 ming kub metrgacha suvni qayta ishlatish imkonini beradi.

Xomashyo bazasi va hududiy loyihalar

Xomashyo ta’minotini yaxshilash maqsadida qo‘shni davlatlardan teri importini markazlashgan tartibda yo‘lga qo‘yish, «yagona darcha» tamoyilini joriy qilish hamda transport xarajatlarini qoplash taklif etildi.

Shuningdek, Navoiy viloyati, Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyati va Toshkent viloyatida teri yig‘ish va birlamchi qayta ishlash punktlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Sirdaryo viloyatida esa 30 ming tonna junni qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi kompleks qurilishi taklif qilindi.

Ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish

Sun’iy charm ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 7 ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ular orqali 50 mln pogon metr mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi va eksport hajmi oshadi.

Joriy yilning birinchi choragida charm sanoatida ishlab chiqarish hajmi 962 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish 25 foizdan oshgan. 2030-yilgacha esa ishlab chiqarishni 12 trln so‘mga, eksportni $500 mlnga yetkazish hamda 12 mingta yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevga taqdim etilgan tadbirkorlarni oʻylantirayotgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan taqdimotda bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirish taklifi bildirilgan edi.

Shuningdek