Dollar yana 12 000 so‘mdan oshdi: 6-may uchun valyutalar kursi

eʼlon qilindi
Dollar 5-may kuni 40,8 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘mni qayd etdi
Dollar 12 000 so‘mdan oshdi: 6-may uchun valyutalar kursi
Foto: depositphotos

6-may uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi yana 43,68 so‘mga oshib, 12 037,21 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Dollar 29-aprel kuni 43,76 so‘mga tushib, 12 029,20 so‘mga, 30-aprel kuni 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘mni, 1-may kuni esa yana 37,19 so‘mga tushib, 11 937,60 so‘mga tenglashdi. 4-may kuni kurs 15,13 so‘mga oshib, 11 952,73 so‘mni, 5-may kuni yana 40,8 so‘mga oshib, 11 993,53 so‘mni qayd etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 17,48 so‘mga oshib, 14 071,50 so‘mni, rubl esa 1,1 so‘mga oshib, 159,62 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek