Buxorolik tadbirkorning tabiatga yetkazgan zarari qimmatga tushdi

eʼlon qilindi
Holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan aniqlangan
Buxorolik tadbirkorning tabiatga yetkazgan zarari qimmatga tushdi / Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi

Buxoro viloyati Olot tumanida ekologiyaga zarar yetkazgan tadbirkor 1,3 mlrd so‘m miqdordagi jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ish Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudida ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, Olot tumani hududidan o‘tuvchi Jondor kanalida qazish ishlari olib borilishi jarayonida yuridik shaxs, ya’ni firma rahbari 154 tup qimmatbaho turung‘ul daraxtlarini noqonuniy ravishda kesgan.

Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 1, 3 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgan va ushbu holat yuzasidan ish sudga oshirilgan. Sud hukmiga ko‘ra, yetkazilgan zarar to‘liq miqdorda javobgar yuridik shaxsdan undirib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zangiotada nobud bo‘lgan baliqlarni kanalga oqizgan korxona 92 million so‘mga tushgan edi.

Shuningdek