2026-yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar qaysi

5-may 2026 11:22 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
2026-yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar qaysi
Foto: depositphotos

2026-yilning birinchi choragida Apple iPhone 17 dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi. Counterpoint Research tahlillariga ko‘ra, u global sotuvlarning 6 foizini egalladi.

Hisobotga ko‘ra, iPhone 17 seriyasi reytingda birinchi uch o‘rinni band qildi. iPhone 17 Pro Max va iPhone 17 Pro ham yuqori o‘rinlarda qayd etildi.

Top – 10 smartfonlar umumiy bozorning 25 foizini tashkil qildi. Bu birinchi chorak uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Samsung esa ro‘yxatda eng ko‘p modelga ega bo‘ldi. Galaxy A seriyasidan beshta model Top – 10 ga kirdi. Eng ko‘p sotilgan Android smartfon Galaxy A07 4G bo‘ldi.

2026-yilning birinchi choragida eng ko‘p sotilgan smartfonlar o‘ntaligi / Grafik: Counterpoint Research

Xiaomi Redmi A5 esa ro‘yxatda 10-o‘rinni egalladi va eng arzon model sifatida ajralib turdi.

Tahlilchilar fikricha, iPhone 17 kuchli texnik yangilanishlar tufayli yaxshi sotilmoqda. Android segmentida esa komponentlar narxi oshgani sabab arzon modellarga bosim kuchaymoqda.

Prognozlarga ko‘ra, yil davomida premium smartfonlar ulushi oshadi, ishlab chiqaruvchilar esa ko‘proq qimmat segmentga e’tibor qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 17’ga bo‘lgan kuchli talab Apple daromadini 17 foizga oshirgandi. 2026-moliyaviy yilining ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, kompaniya daromadi $111,2 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 17% ko‘p.

Bir aksiya uchun foyda $2,01 bo‘ldi va 22 foizga oshdi. Kompaniya tarixidagi eng yaxshi mart choragi natijasi qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Apple moliyaviy choraklari 4-4-5 haftalik taqvim tuzilmasi yordamida hisoblanadi. Kompaniyaning birinchi choragi o‘tgan yilning oktabridan dekabr oxirigacha hisoblangan. Ikkinchi chorak esa joriy yil yanvardan 1-aprelgacha davrni o‘z ichiga oldi.

Shuningdek