
Polshaning Varshava shahrida 5 – 10-may kunlari shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour: Super Rapid & Blitz turniri bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda.

Turnirda jami o‘nta grossmeyster ishtirok etadi. Ular orasida Gukesh Dommaraju, Fabiano Karuana, Uesli So, Xans Niman, Alireza Firuzja, Maksim Vashye-Lagrav, Yan-Kshishtof Duda, Radoslav Voytashek va Vladimir Fedoseyev kabi shaxmatchilar bor.
Musobaqa ikki formatda o‘tkaziladi. Rapid yo‘nalishi 9 turni o‘z ichiga olib, unda o‘yinchilarga 25 daqiqa va har bir yurish uchun qo‘shimcha 10 soniya beriladi. Blits yo‘nalishi esa 18 turdan iborat bo‘lib, vaqt nazorati 5 daqiqa hamda har bir yurish uchun 2 soniyani tashkil etadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi $200 ming etib belgilangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIDE reytingida ikki nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi kuchli beshlikka kirgani haqida xabar bergan edi.