O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 324 mingdan oshdi

eʼlon qilindi
Toshkent shahri tadbirkorlar ro‘yxatga olinishi bo‘yicha hududlar orasida mutlaq yetakchilik qilmoqda
Foto: Pexels.com

2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) soni 324 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahri eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, poytaxtda 49,2 mingta YTT ro‘yxatdan o‘tgan. Undan keyingi yetakchi o‘rinlarni Farg‘ona (34,8 mingta) va Samarqand (32,5 mingta) viloyatlari band qildi.

Toshkent, Andijon hamda Qashqadaryo viloyatlarida ro‘yxatga olingan tadbirkorlar soni 24 mingdan 30 minggacha bo‘lgan oraliqni tashkil etmoqda.

Namangan (22,7 mingta), Buxoro (19,4 mingta) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (18,9 mingta) ham ro‘yxatga olingan biznes subyektlari soni barqarorligicha qolmoqda. Surxondaryo (18,1 mingta) va Xorazm (15,7 mingta) viloyatlarida o‘rta darajadagi faollik qayd etilgan.

Respublika bo‘yicha eng kam yakka tartibdagi tadbirkorlar Jizzax (11,9 mingta), Sirdaryo (9 mingta) hamda Navoiy (8,6 mingta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni bo‘yicha yetakchi hududlar aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek