Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi oltita avtoturargoh auksionga chiqarildi

eʼlon qilindi
Avtoturargohlar 3 yil muddatga ijaraga berilishi rejalashtirilgan
Uzbekistan Airports
Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports kompaniyasi tomonidan Toshkent xalqaro aeroporti hududidagi yirik avtoturargohlarni ijaraga berish huquqi auksionga qo‘yildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Savdolar E-auksion platformasi orqali amalga oshiriladi. Loyihaga ko‘ra, umumiy maydoni 40 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan, 1,5 mingga yaqin avtomobillarni sig‘dira oladigan P1, P3, P4, P5, P7 va P8 avtoturargohlar 3 yil muddatga ijaraga berilishi rejalashtirilgan.

Rejalarda hududni raqamlashtirish, bo‘sh joylarni ko‘rsatib turuvchi elektron tizimlar, avtomatik to‘lov imkoniyatlari hamda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, operatorga turargohlarni tunu kun boshqarish, qo‘riqlash va rivojlantirish majburiyati yuklanadi.

Uzbekistan Airports
Foto: Uzbekistan Airports

Asosiy talablar orasida to‘liq avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, raqamni aniqlash texnologiyasi, shlagbaumlar, onlayn to‘lov tizimi hamda mobil ilova orqali joy band qilish imkoniyati ham bor.

Ijara shartlariga ko‘ra, to‘lov ikki qismdan iborat bo‘ladi: auksionda belgilanadigan qat’iy summa va tushumdan 5 foiz ulush. Operator barcha moliyaviy jarayonlarda shaffoflikni ta’minlashi shart.

Boshlang‘ich narxi yiliga 48,7 milliard so‘m etib belgilangan ushbu auksion 19-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 50 gektardan 500 gektargacha bo‘lgan yer uchastkalari auksion orqali ijaraga berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek