Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi — video

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

2026-yil 5-may kuni soat 16:25 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida M. Ulug‘bek ko‘chasida 15 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX ma’lum qildi.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 73 yoshli haydovchining sog‘ligi yomonlashgani sababli u transport vositasini boshqarishni yo‘qotgan.

Natijada avtomobil svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta transport vositalariga urilib, to‘qnashuv yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Video: Ijtimoiy tarmoq

YTH natijasida jami 15 ta transport vositasi texnik shikastlangan. Equinox haydovchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Video: Ijtimoiy tarmoq

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Angren shahrida yirik YTH sodir bo‘lgan edi.

Shuningdek