Toshkentda ikkinchi ayolini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Unga ko‘ra, gumonlanuvchi qotillikni amalga oshirish evaziga $10 ming taklif qilgan
Toshkentda birinchi ayolini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak qo‘lga olindi
Foto: IIBB videosidan olindi

Toshkent shahrida o‘zining shar’iy nikohdagi rafiqasini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi qotillikni amalga oshirish evaziga $10 ming taklif etgan, oldindan esa $2 ming miqdorida pul bergan. U yollangan shaxsga jabrlanuvchining yashash manzili, uy-joyi, avtomobili, kun tartibi hamda ijtimoiy aloqalari haqida batafsil ma’lumotlarni ham taqdim etgan.

IIBB xabariga ko‘ra, jinoyatning oldi olinishi uchun maxsus tezkor tadbir tashkil qilingan. Unda ayolning hayoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning o‘limi sahnalashtirilgan. Jarayonda jabrlanuvchi hamda tezkor xodimlar hamkorlikda ishlagan.

Yollanma qotil rolidagi shaxs oldindan nazoratga olingani va keyinchalik tezkor tadbirga jalb etilgani ma’lum qilindi. U buyurtmachiga qotillik amalga oshirilgani haqida xabar berganidan so‘ng, qolgan pul – 6,5 million so‘m va jabrlanuvchi nomidagi avtomobilni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda qidiruvdagi shaxslarning ko‘pi firibgarlik jinoyatini sodir qilgani ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek