«Uzoq shahar»: 61-qism tizeri e’lon qilindi

5-may 2026 11:43 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Uzoq shahar»: 61-qism tizeri e’lon qilindi
Foto: Kanal D

Kanal D telekanalida har dushanba namoyish etilayotgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir»)  serialining 60-qismi 4-may kuni efirga uzatildi va voqealar yanada keskinlashdi. Qismdan so‘ng 61-qism tizeri ham chiqdi. Yangi rolik tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

60-qismda Maryamning sobiq eri paydo bo‘lib, Alya uchun jiddiy tahdidga aylanadi. Jihan uni himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi. Biroq Alya Boran bilan qilgan kelishuvni buzmaslik uchun Jihanga qarshi turadi. U o‘g‘lidan ajralib qolmaslik uchun hammasini o‘zi boshqarishga harakat qiladi.

Bu orada Kaya o‘g‘irlab ketilgan chaqaloq bo‘yicha shubhalariga aniqlik kiritish uchun DNK tekshiruvi o‘tkazadi. Shu paytda Mujgan Maryamning Jihanning uyida, shu yerda qolishi uchun xavfli qadam tashlaydi. Sadakat esa bu vaziyatdan shubhalanib, haqiqatni aniqlashga kirishadi.

Alya atrofida esa sezilmagan xavf tobora kuchayadi. Enginning taklifi aslida oddiy emasligi ayon bo‘ladi. Bu holat Alya va kichik Jihanni jiddiy xavf ostiga qo‘yadi. Jihan esa Alyani himoya qilishga urinadi, ammo vaziyatni nazorat qilish tobora qiyinlashadi.

61-qism tizerida esa voqealar yanada keskinlashishi ko‘rsatilgan. «Ularning yashashi sen beradigan javobga bog‘liq» degan jumla yangi qismda qahramonlar oldida og‘ir tanlovlar turganini anglatadi. Endi asosiy savol esa Alya qanday qaror qabul qilishi va bu qaror kimlar taqdirini o‘zgartirishi bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Muhtasham yuz yil» aktyorlari 10 yildan ortiq muddatda qanday o‘zgargani haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek