
Honor kompaniyasi yangi Play 11 Plus smartfonini rasmiy ravishda taqdim etdi va sotuvga chiqardi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Yangi model 6,6 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning aniqligi 2600 × 1200 pikselni tashkil etadi. Ekranning maksimal yorqinligi 6500 nitgacha yetadi, 3840 Gts PWM chastotasi esa displeyning ko‘zga seziladigan miltillashini kamaytiradi.
Smartfon Dimensity 6500 Elite protsessori asosida ishlaydi va 8/256 GB xotira konfiguratsiyasida taqdim etilgan. Qurilma 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, MagicOS 10 (Android 16 asosida) tizimida ishlaydi. Shuningdek, unda YOYO SI yordamchisi, SI-yozuvlar, tarjima vositalari va tizim optimizatsiyalari kabi imkoniyatlar mavjud.

Kamera tizimi 50 megapikselli asosiy sensor (f/1.8 diafragma va 10x raqamli zum) hamda 8 megapikselli old kameradan iborat. Smartfon ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, stereo dinamiklar, NFC, infraqizil port, Bluetooth 6.0 va IP66 darajadagi chang hamda suvdan himoya bilan ta’minlangan.
Smartfon qalinligi 7,34 mm, og‘irligi esa 185 grammni tashkil etadi. Narxi 8/256 GB versiyasi uchun $320 qilib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Watch 6 Plus aqlli soati oldindan buyurtmaga chiqqani haqida yozgan edik.