Kapitalbank Toshkentda bo‘lib o‘tgan TIMUN 2026 anjumanining hamkoriga aylandi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (WIUT) yilning muhim tadbirlaridan biri — «Toshkent BMT Xalqaro Modeli» – TIMUN 2026 (Tashkent International Model United Nations) anjumani bo‘lib o‘tdi. Kapitalbank iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik maqsadiga sodiq qolgan holda, tadbirning rasmiy bosh hamkori sifatida ishtirok etdi.

Kapitalbankning TIMUN anjumanidagi ishtiroki ketma-ket ikkinchi yildirki, faqat hamkorlik ko‘magi bilangina cheklanib qolmay, tadbir dasturida o‘zining mazmunli davomiga ega bo‘lmoqda. Qo‘mitalar ishida Kapitalbank Akademiyasining biznes-murabbiylari ishtirok etib, ikkita ixtisoslashtirilgan sessiya o‘tkazishdi: Xavfsizlik Kengashi qo‘mitasida energiya menejmenti mavzusi, UNESCO maydonchasida esa nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moliyaviy inklyuzivlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruza taqdim etildi.

TIMUN 2026 amaliy dasturi BMT tizimining asosiy organlari faoliyatini modellashtirishni o‘z ichiga oldi. Ishtirokchilar 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdan tortib, sun’iy intellekt davrida raqamli makonni himoya qilishgacha bo‘lgan dolzarb global muammolarning yechimlari ustida ishlashdi.

Anjuman davomida Kapitalbankning interaktiv ko‘rgazmasi ishlab turdi, unda ishtirokchilar bank faoliyati, uning korporativ madaniyati, «Be a Banker» amaliyot dasturi bilan tanishish, shuningdek, amaliyotda qatnashish uchun ariza qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

«TIMUN kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bu yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qo‘shilgan hissadir. Muloqot va hamjihatlikdagi ish orqali raqamli iqtisodiyot hamda xalqaro muhitda talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalar shakllanayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ishonchimiz komilki, bugungi delegatlar kelajak yetakchilari va o‘zgartiruvchi kuchga aylanadilar va biz ularni Kapitalbank jamoasida ko‘rishdan umidvormiz», – deya ta’kidladi «Kapitalbank» ATB Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi Oksana Lindina.

Anjuman an’anaviy tarzda WIUT, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ishtirokida o‘tkazildi.

TIMUN (Tashkent International Model United Nations) — BMT faoliyatini modellashtiruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik ta’lim platformalaridan biri. Loyiha muzokaralar olib borish, tanqidiy fikrlash va ommaviy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashib, har yili O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan yuzlab yoshlarni birlashtiradi.