Toshkent «Brodveyi» yangilanadi

eʼlon qilindi
Hududdagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanadi
Toshkent «Brodveyi» yangilanadi
Rasm: SI / Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent «Brodveyi» — Sayilgoh ko‘chasi va unga tutash hududlarni kompleks yangilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha doirasida Sayilgoh ko‘chasi, xiyobonlar, yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari va boshqa infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent hokimligi ma’lum qilishicha, loyihada piyodalar yo‘laklari va qoplamalari yangilanadi, yoritish tizimi modernizatsiya qilinadi, favvoralar ta’mirlanadi hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, yangi o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va boshqa kichik infratuzilma elementlari o‘rnatiladi. Videokuzatuv tizimlari ham joriy qilinadi.

Hududdagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanadi, reklama va peshlavhalar yagona dizayn talablari asosida tartibga solinadi.

Mutaxassislar mavjud daraxtlarni ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, kamida ming tup yangi daraxt va manzarali o‘simlik ekilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev reklama peshlavhalariga oid tartiblarni soddalashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqqandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, korxona nomi, faoliyat turi yoki savdo belgisi aks etgan peshlavhalar ayrim hollarda reklama sifatida baholanib, ular uchun alohida pasport rasmiylashtirish va to‘lovlar undirish amaliyoti mavjud ekani qayd etildi. Bu holat tadbirkorlar uchun qo‘shimcha xarajat va ortiqcha ma’muriy yuk bo‘lib kelayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan tadbirkorlik subyektining nomi va faoliyat turi to‘g‘risidagi axborotni reklama sifatida baholamaslik hamda bunday peshlavhalar uchun alohida rasmiylashtirish tartibini bekor qilish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek