O‘ta yirik firibgarlikda ayblanayotgan shaxs Perudan O‘zbekistonga olib kelindi

eʼlon qilindi
U uzoq vaqt davomida Peru hududida yashirinib yurgan va xalqaro qidiruvga berilgan
Foto: Ichki ishlar vazirligi

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xalqaro hamkorlik doirasida qidiruvdagi shaxsni Peru Respublikasidan O‘zbekistonga olib kelish jarayonini amalga oshirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu fuqaro Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan nazarda tutilgan, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etishda ayblanmoqda. U uzoq vaqt davomida Peru hududida yashirinib yurgan va xalqaro qidiruvga berilgan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Ekstraditsiya jarayoni Interpolning O‘zbekiston va Peru Milliy markaziy byurolari, shuningdek, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hamda Peru Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirildi. Jarayonga tranzit davlatlar sifatida Fransiya va Birlashgan Arab Amirliklari ham ko‘maklashgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri BAAda qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonliklar Toshkentga ekstraditsiya qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek